O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra 2022-yil yakunlariga ko`ra axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.
Tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 66,5 foizi aloqa xizmatlari, 19,4 foizi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar, 7,0 % foizi ma’lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar, Web-portallar, 4,7 foizi kompyuterlar va aloqa uskunalarini ta’mirlash xizmatlari, qolgan 2,4 foizi dasturiy ta’minotni chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq (https://lex.uz/docs/-512233) IT-Visa 3 yilik muddatga beriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlar olish, istalgan qiymatdagi ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatini beradi.
IT-Visa IT-Park direksiyasi tavsiyasiga asosan ariza beruvchining vaqtinchalik yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladi. Shu bilan birga, oila a’zolariga (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, bolalari) tashrif vizasi beriladi.
IT-karta – bu direksiya tomonidan xorijiy fuqarolarga beriladigan tavsiyanoma turi boʻlib, uning asosida viza rejimiga ega boʻlgan fuqarolarga IT-viza yoki faqat vizasiz rejimga ega boʻlgan fuqarolarga imtiyozlardan foydalanish uchun beriladi.
IT-Visa va IT-kartani olish boʻyicha tavsiyalarni quyidagi shaxslar olishlari mumkin (https://itvisa.uz/ru):
1) Investor – axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsga shartnoma asosida kamida 10 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorida moliyalashtirishni ta’minlovchi jismoniy shaxs yoki xorijiy investitsiya kompaniyasining vakili;
2) IT-mutaxassis – axborot texnologiyalari sohasida malaka/mutaxassislikka ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentining yuridik shaxsida IT ixtisosligi bo‘yicha ishga qabul qilingan va ariza topshirish vaqtida oxirgi 12 oy uchun IT faoliyatidan olgan daromadi 30 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmaganligini tasdiqlovchi mutaxassis;
3) IT Park rezidenti ta’sischisi – Texnopark rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsining ta’sischisi, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va Yagona rezidentlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxs.
IT Park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalar (https://lex.uz/docs/3249651):
- Barcha turdagi soliqlardan to‘liq ozod qilish – 0%;
- Bojxona to‘lovlaridan ozod qilish (bojxona yig‘imlaridan tashqari) – 0%;
- Daromad solig‘i stavkasi – 7,5%;
- Dividend solig‘i stavkasi – 5%.
IT Park rezidentlari uchun imkoniyatlar:
- Virtual ofis;
- Chet el valyutasida dividendlar to‘lash;
- Xorijiy valyutada ish haqi to‘lovlari;
- Chet elliklar uchun ishlash uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Relokatsiya dasturining bir qismi sifatida IT Park quyidagi masalalarda yordam beradi (https://itvisa.uz/ru):
1) IT kompaniyalarga:
- Yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Bank hisob raqamini ochish;
- Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish;
- Mutaxassislarni izlash;
- Ofis topish va ijaraga olishda.
2) IT mutaxassislarga:
- Korxonada ishga joylashish;
- Tibbiy sug‘urtani ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Uy-joy qidirish;
- Bank hisob raqamini ochish;
- Hujjatlarni rasmiylashtirish;
- Ish beruvchini topishda.