“Toshkent-Urganch-Aktau” yo‘nalishida yangi yo‘lovchi reysi ochildi

AKTAU, 31-may. /“Dunyo” AA/. «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan “Toshkent-Urganch-Aktau-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida navbatdagi yangi reys ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

29 may kuni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev, mamlakatimizning Aktaudagi Bosh konsulxonasi xodimlari, Aktau aeroporti direktori Selchuk Kiledji, shuningdek, Qozog‘iston aviatsiya organlari va OAV vakillari ishtirokida yangi reysning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Urganchga parvoz qilgan birinchi reys O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolaridan iborat 70 nafar yo‘lovchini olib ketdi.

https://dunyo.info/uz/site/inner?slug=toshkent-urganch-aktau_yo%E2%80%98nalishida_yangi_yo%E2%80%98lovchi_reysi_ochildi-5NU&fbclid=IwAR1BvI9d91FIsn4E0btV5Sk5xWnEjhF4vSwwqUwLRpUzCP-dMHAfuPfdM88