Respublika tovar-xom ashyo birjasi Ukrainada savdo maydonchasini ochdi

TOSHKENT, 23 noyabr. /«Dunyo» AA/. Ukraina poytaxti Kiyev shahrida «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning xorijiy savdo maydonchasi ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Birja matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi xorijiy savdo maydonchasi ta’sischisi Ukrainaning «TREYD-BB» MChJ kompaniyasi bo‘ldi.

Savdo maydonchasini ochish va ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi delegatsiyasining Ukrainaga tashrifi mobaynida amalga oshirildi.