18 noyabr – «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida» gi qonun qabul qilingan kun

TOSHKENT, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. 18 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston davlat suverenitetining ramzidir.

O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, Davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilish tegishlicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.