Atirau shahridagi vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bermoqda

OQTOV, 14-oktabr. /«Dunyo» AA/. Qozog‘istonning Atirau shahrida bugun tongda  O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin  ovoz berish jarayoni  boshlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastka komissiyasi bilan kelishilgan jadvalga ko‘ra, muddatidan oldingi ovoz berish quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tmoqda:

-Atirau viloyati Jumisker madaniyat uyi binosida (Jumisker kichik tumani,  Sh.Abishev ko‘chasi, 97A- uy);

-«Dina» bozori ma’muriyati binosida (Sulton Beybars ko‘chasi 45-uy);

-H.Dosmuxamedov nomidagi Atirau universiteti ma’muriy binosida (Talabalar prospekti, 212-uy);

-«Amangeldi» MCHSh (Ontustik sanoat hududi 29-uy) binosida.

https://dunyo.info/uz/site/inner?slug=atirau_shahridagi_vatandoshlar__o%E2%80%98zbekiston_prezidenti_saylovida_muddatidan_oldin_ovoz_bermoqda-Y6A&fbclid=IwAR1iUSyO0SE-sQ-oAKoKWNPHwpHzm-rfQr-1EEv6qugoJM4SlED-xlouYAs